O‘zbekiston TIVda XXR elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
2017 yil 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Lijiye bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 11 15 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi, mamlakatimiz delegatsiyasining «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumidagi ishtiroki yakunlariga yuqori baho berildi.
Uchrashuvda XXR Raisi Si Tszinpin va boshqa Xitoy rahbarlari bilan Pekin shahrida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid

14:12
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

15:52 / 21.03.2025