Sport | 20:10 / 20.05.2017
27368
2 daqiqa o‘qiladi

Video: “Uzbek Tigers”ning “Cuba Domadores”ga qarshi javob janglari

Bugun Butunjahon boks seriyalari (WSB) VII mavsum chorak finalining javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tgani, unda “Uzbek Tigers" bokschilari “Cuba Domadores” a'zolari bilan kuch sinashgani va 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgani haqida avval xabar berilgan edi. Quyida qizg‘in va kurashlarga boy janglarni tomosha qilishingiz mumkin. Unda “Uzbek Tigers”-“Cuba Domadores” o‘rtasidagi janglarda quyidagi bokschilar o‘zaro kuch sinashishdi:

52 kg.   Jasur Latipov –  Veytia Uosbanu

60 kg.   Elnur Abduraimov –  Estrada Alvares

69 kg.   Shahram G‘iyosov –  Iglesias Roniel

81 kg.   Bektemir Meliqo‘ziyev  –  La Kruz Julio

+91 kg. Bahodir Jalolov – Larduet Gomes

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir 3 daqiqalik 5 raunddan olib borilgan ayovsiz  janglarda “Cuba Domadores” jamoasi qo‘li baland keldi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shunday qilib, “Cuba Domadores” yarim finalda Columbia Heroicos vs Italia Thunder jamoalari g‘olibi bilan kuch sinashadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid