Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada kunduz kunlari yuk mashinalari harakatlanishi taqiqlanadi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri politsiyasi 2017 yil 7 iyundan-12 sentabrga qadar har qanday turdagi yuk mashinasining shaharda harakatlanishini cheklaydi. Mazkur taqiq kunning ertalabki soat 6:00 dan tungi soat 23:00gacha bo‘lgan oralig‘ida amal qiladi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar qilmoqda.
"Ostona ichki ishlar departamenti shuni ma'lum qiladiki, EXPO xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilishi davrida, ya'ni joriy yil 7 iyun-12 sentabr oralig‘ida yuk mashinalari harakatlanishi cheklanadi. Ertalab soat 6dan 23:00gacha har qanday turdagi yuk transport vositalari harakatlari cheklanadi", - degan Ostona ichki ishlar departamenti vakili Berik Joldasbekov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtdagi korxonalarning tijorat faoliyat yuritishlari va qulayligi uchun 23:00dan ertalab 6:00gacha yuk mashinalari harakatlana oladi.
Mavzuga oid
15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025