Jamiyat | 21:29 / 23.05.2017
13445
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik juftlik o‘zi bilmagan holda mast erkakni mashinasida olib yurgan

Foto: Fox 25

Amerikalik juftlik o‘z mashinasi yukxonasida uxlab yotgan erkak bilan 22 kilometr yo‘l bosib o‘tgan. Fox 13 axborot agentligining ma'lum qilishicha, "kutilmagan yo‘lovchi" mast holda bo‘lgan, mashinadagilar esa uni sezmay, ularni politsiya to‘xtatmaguncha harakatni davom ettiraverishgan.  

Ushbu voqea qahramonlari Karl Uebb rafiqasi bilan politsiyachilarga barbekyu festivalidan qaytishayotganini aytishgan. Ular mashina yukxonasiga yotib olgan erkakni payqamay, uylariga ketishgan.

Ularni politsiyachi to‘xtatib, yukxonadagi erkakni tanishlari haqida so‘raganda, juftlik bundan juda hayratlangan.  

Mast erkakni politsiya olib ketgan. Ushbu voqea ishtirokchilariga biror ayblov e'lon qilinishi-yo‘qligi ma'lum qilinmagan. 

Mavzuga oid