Jahon | 18:35 / 24.05.2017
14606
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada 272 kg og‘irlikdagi zumrad topildi

Foto: AP

Braziliya shimoli-sharqida og‘irligi 272 kg va balandligi 1,3 metr bo‘lgan katta zumrad topildi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Baiya shtatida 20 kun avval topilgan zumrad mintaqaviy kon egasiga sotib yuborilgan, deb ma'lum qildi tabiiy qazilmalar bo‘yicha departament vakili Paulo Santana.

Nomi oshkor etilmagan xaridor huquqshunosi Marsio Jandirning aytishicha, zumrad egasi mineralni kutubxona va muzeylarda eksponat sifatida namoyish etishni rejalashtirgan.

Ta'kidlanishicha, bu mintaqada topilgan ikkinchi yirik zumraddir. Avvalgisi 2001 yilda aniqlangan bo‘lib, og‘irligi hozirgisidan 20 kg.ga ko‘proq bo‘lgan va taxminan 300 mln. dollardan ortiqroqqa baholangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid