Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Everestda 4 alpinistning jasadi topildi
Everestda 4 alpinistning jasadi topildi. Bu haqda Himalayan Times nashri xabar berdi.
Ikki xorijlik – bir ayol va bir erkak hamda ularga yo‘lboshchilik qilgan ikki kishining jasadi dunyoning eng baland cho‘qqisini zabt etish oldidan oxirgi lager hisoblangan 4-bazaviy lager yaqinidagi chodirda topilgan. Jasadlarni 21 may kuni cho‘qqidan slovakiyalik Vladimir Shtrbaning jasadini olib tushgan Seven Summit Treks kompaniyasi yo‘lboshchilari aniqlashgan.
Taxminlarga ko‘ra, alpinistlar chodirda kislorod yetishmaganidan halok bo‘lishgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan alpinistlar yangi treking kampaniyasi doirasida cho‘qqiga ko‘tarilishayotgan bo‘lgan. 21 may kuni ular bilan aloqa yo‘qolib qolgandi.
May oyida Everestda hammasi bo‘lib 9 kishi halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
23:43 / 21.05.2025
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
20:05 / 19.05.2025
Britaniyalik alpinist Everestga chiqish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
18:29 / 29.04.2025
Nepal tajribasiz alpinistlarga Everestga chiqish uchun ruxsat bermaydi
15:06 / 22.01.2025