Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google raqamli ofis doskalarini sota boshladi
Google kompaniyasi Google Jamboard interaktiv doskalari sotuvi boshlangani haqida ma'lum qildi. Qurilma Hangouts messenjeri va Google’ning G Suite ofis to‘plami (“Hujjatlar”, “Taqdimotlar” va “Disk” ilovasi) bilan ishlashga mo‘ljallangan, deb xabar bermoqda CNet.
The Verge portali mualliflarining qayd etishicha, Jamboard – bu “g‘alati hamda qiziq” qurilma bo‘lib, u kommunikatsiya va masofadan turib ishlash, shuningdek, ofisda yoki kichik korxonadagi ish jarayonida foydalanilishi mumkin. Shu bilan birga, qurilma aslida oddiy ofis doskasi bo‘lib, raqamli standartlarga moslashtirilgan, xolos.
Unda xatti-harakatni bir millimetrga qadar aniq payqovchi stiluslar yordamida chizish hamda yozilgan narsani barmoqlar yoki katta “aqlli o‘chirgich” yordamida o‘chirib tashlash mumkin.
Jamboard’da virtual stikerlar qoldirish hamda ularga suratlar, klip-art yoki emodzi qo‘shish mumkin. Xuddi shunday funksiyalar iOS va Android negizida ishlovchi qurilmalarga mo‘ljallangan Jamboard ilovasida ham bor.
Jamboard’da yana bir funksiya borki, uning yordamida o‘rnatilgan mikrofon va qo‘shimcha HD-kamera orqali videoaloqaga chiqish mumkin. Verge muxbirining aniqlashicha, Jamboard bir vaqtning o‘zida yoki “aqlli doska” ekrani, yoxud kameradan olingan tasvirni ko‘rsatishi mumkin. Bu ikki vizual kanallarni qurilmaning hozirgi nusxasida uyg‘unlashtirish mumkin emas.
Androidcentral nashrining ta'kidlashicha, Jamboard narxi 4 ming 999 dollardan boshlanadi. Bunda uning ichiga ikkita stilus, bitta “aqlli o‘chirgich” va devorga mustahkamlash uchun zarur narsalar kiradi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar har yili xizmat ko‘rsatish to‘plamini xarid qilishi darkor, uning qiymati 600 dollarni tashkil etadi. Jamboard narxi ichiga qurilmani vertikal o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan stend kirmadi va u 1349 dollarga alohida sotiladi.

The Verge Google Jamboard’ning uning asosiy raqobatchisi - Microsoft Surface Hub bilan taqqosladi. Ma'lum bo‘lishicha, Jamboard 4 ming dollarga arzon bo‘lgani holda, “faqatgina Google Docs ishlaydigan noutbukka” o‘xshash. Microsoft qurilmasi esa – bu to‘laqonli kompyuter ekan.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025