Hello, Pope!: Tramp papaning oldiga keldi (fotojamlanma)
AQSh prezidenti Donald Tramp 24 may tongida Vatikanga yetib kelib, Rim papasi Frantsisk qabulida bo‘ldi.
Trampni va uning rafiqasini Apostol saroyida Papa uyi prefekti arxiyepiskop Georg Gensvayn kutib olgan.
Tramp Rim Papasi huzurida bo‘ldi.
Tramp Vatikanga «yo‘l ustida kirib o‘tdi», u Italiyada tashkil etilgan «katta yettilik» sammitida qatnashadi. Ammo uning Vatikanga kelishi ahamiyatli. Tramp va Rim papasi shu vaqtga qadar hech qachon uchrashmagandi, ammo ularning o‘zaro «hisob-kitobi» bor. Papa Trampni AQSh va Meksika o‘rtasida devor qurish rejasi uchun qattiq tanqid qilgan, «odamlar o‘rtasida devor quruvchini xristian deb hisoblamasligi»ni aytgan.
Tramp esa o‘z chiqishlarida bir necha marta dindor oilada voyaga yetganini , diniy tarbiya topganini eslatib o‘tgandi.
The Washington Post maqolasida yozilishicha, ularning uchrashuvidan yaxshi samaralar kutish mumkin. Rim papasi AQSh bilan ko‘p yillar davomida sovuq munosabatlarda bo‘lib kelayotgan Lotin Amerikasi rahnamosi hisoblanadi.
Qayd etish kerakki, Trampning ma'muriyatida uning o‘ng qo‘li hisoblanmish Stiv Bennon chin katolik hisoblanadi, shuningdek, prezident maslahatchisi Kellienn Konuey ham.
Papa va prezident uchrashuvi tafsilotlari keltirilmadi. Ularning uchrashuvi 30 daqiqaga yaqin davom etgan.
Alohida uchrashuvdan oldin papa amerikalik mehmonlarni qabul qilgan: Trampdan tashqari bu delegatsiya tarkibiga uning rafiqasi Melanya Tramp, qizi Ivanka turmush o‘rtog‘i Jared Kushner bilan, shuningdek, Davlat departamenti rahbari Reks Tillerson hamda bir necha maslahatchilar va milliy xavfsizlik masalasi bo‘yicha prezident maslahatchisi Gerbert Makmaster kirgandi.
Frantsisk va Tramp qo‘l siqib ko‘rishishgan, Frantsisk Trampga esdalik medaloni taqqan. Melanya va Ivanka esa Vatikan protokoli bo‘yicha kiyinishgan, xonimlar ustida qora liboslar, ularning boshiga to‘r tashlangandi (OAV ular Saudiya Arabistonida ro‘mol o‘rashmaganiga e'tibor qaratmoqda). Melanya o‘z qarashi bilan italiyalik jurnalistlarga mashhur aktrisa Sofi Lorenni eslatib yuborgan.
Ushbu uchrashuvdan keyin Trampning navbatdagi manzili Bryussel. Bu shaharda YeI va NATO vakillari bilan yig‘ilishda ishtirok etadi.
U Yevropa kengashi raisi Donald Tusk va Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker, shuningdek, Yevroparlament raisi Antonio Tayani va YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bilan muzokaralar o‘tkazadi. YeI ko‘plab bahsli masalalar bo‘yicha AQSh pozitsiyani aniqlashtirishga harakat qiladi, ular orasida – Amerika yangi ma'muriyatining YeI bilan erkin savdo haqidagi kelishuvdan bosh tortishi, mamlakatning migratsion siyosati, Isroildagi elchixonani Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish, Rossiya bilan munosabatlar. Tramp Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron bilan ham ko‘rishadi.
U keyin yana Italiyaga qaytadi. Uning xorijiy safari Sitsiliyadagi Bari shahrida yakunlanadi. Bu yerda «katta yettilik» sammiti o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
18:58
Tramp Kamala Harrisga 20 mln dollar qarzini uzish bo‘yicha yordam taklif qildi
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
17:00 / 09.11.2024
The Telegraph: Tramp rejasi Britaniya qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga joylashtirishni nazarda tutadi
15:09 / 09.11.2024