O‘zbekiston | 14:35 / 24.05.2017
27722
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekgidroenergo»ga rahbar tayinlandi

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan tashkil etilgan «O‘zbekgidroenergo» jamiyatiga rahbar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati qarorida ma'lum qilingan.

Unga ko‘ra, Abdug‘ani Sanginov «O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruv raisi etib tayinlangan.

Bungacha Sanginov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi «O‘zsuvenergo» birlashmasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 may kuni «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi. Yangi tuzilma «O‘zbekenergo»ning GESlari, gidrotexnik va boshqa gidroenergetika bilan bog‘liq bo‘linmalari; Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining «O‘zsuvenergo» birlashmasi negizida tashkil etildi.

Mavzuga oid