Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada namoyishchilar ikkita vazirlik binosiga o‘t qo‘yishdi
Braziliyaning amaldagi prezidenti Mishel Temerga qarshi chiqayotgan namoyishchilar namoyishlardan vayronagarchiliklar sodir etishga o‘tishdi. 24 may kuni ular mamlakat poytaxti Braziliadagi moliya va qishloq xo‘jaligi vazirliklari binolariga o‘t qo‘yishdi. Bu haqda Brasil de Fato nashri ma'lum qildi.
Shundan keyin shahar ma'muriyati barcha federal muassasalar xodimlarini zudlik bilan evakuatsiya qilishga kirishgan. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, Temerning iste'foga chiqishi va muddatdan avval prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi talab qilinayotgan aksiyalarda 35 mingdan 150 minggacha kishi ishtirok etgan.
Temer hukumat binolarini himoya qilish va tartibsizliklarga qarshi kurashish uchun armiyani jalb qilishga ko‘rsatma bergan.
Eng ko‘p sondagi namoyishchilar yig‘ilgan poytaxtdagi "Uch hokimiyat maydoni" (Praca dos Tres Poderes) uning atrofidagi hukumat binolarini qo‘riqlash uchun harbiylar tomondan o‘rab olingan. Politsiya ko‘zni achishtiruvchi gaz va yorug‘lik-shovqin granatalari qo‘llashiga qaramasdan, "g‘azab otiga mingan" namoyishchilarni tarqatishga muvaffaq bo‘lmagan.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025