Jahon | 07:31 / 25.05.2017
18247
1 daqiqa o‘qiladi

Manchesterdagi terakt ijrochisi otasi Tripolida hibsga olindi

Foto: telegraph.co.uk

Manchesterdagi teraktni ijro etishda gumon qilinayotgan Salmon Abedining otasi Ramazon Abedi Liviya poytaxti Tripolida hibsga olindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Ma'lum qilinishicha, aksilterrorchilik bo‘limi Ramazon Abedini Tripoli yaqinidagi Ayn-Zardagi uyi yonida qo‘lga olgan. 

Guvohlarning ma'lum qilishicha, qurollangan kishilar uning qo‘liga kishan solib, o‘zlari bilan olib ketishgan. 

Avvalroq Manchester politsiyasi tvitterda Manchesterdagi maydonda teraktni amalga oshirish ishi bo‘yicha 5-gumonlanuvchini hibsga olganini ma'lum qilgandi.   

Ta'kidlanishicha, hibsga olingan erkak qo‘lida bir paketni ushlab turgan. Erkak Manchesterdan 27 km uzoqlikda joylashgan Uigan shahrida qo‘lga olingan.

Mavzuga oid