Sport | 09:55 / 25.05.2017
11212
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino yevrokuboklarda rekord o‘rnatdi

«Manchester Yunayted» Yevropa ligasi finalida «Ayaks» ustidan zafar quchdi. Stokholmdagi «Frends-Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs angliyaliklar foydasiga 2:0 hisobida hal bo‘ldi.

«MYu» ustozi Joze Mourino yevrokuboklarni uchta har xil jamoa bilan yutib olgan tarixdagi uchinchi murabbiyga aylandi. Portugaliyalik mutaxassis bunga qadar YeChLda «Inter» va «Portu» bilan, UYeFA kubogida esa «Portu» bilan g‘olib chiqqandi. Mourinodan tashqari, Rafael Benites («Valensiya» bilan UYeFA Kubogi-2004, «Liverpul» bilan YeChL-2005 va «Chelsi» bilan YeL-2013) hamda Udo Lattek («Bavariya» bilan YeChK-1974, «Borussiya» Dortmund bilan UYeFA Kubogi-1979 va «Barselona» bilan Kubok egalari kubogi 1982) ham uchta turli jamoa bilan yevrokuboklarda tengsiz bo‘lishgandi.

Bundan tashqari, Mourino YeChL va YeL/UYeFA Kubogini bittadan ko‘p marta yutib olgan ilk murabbiyga aylandi.

Mavzuga oid