NYT Rossiyaning Trampga ta'siri haqida yangi maqola e'lon qildi

Foto: AFP
The New York Times’ning amaldorlarga asosan ma'lum qilishicha, Amerika razvedkasi rossiyalik shaxslar Donald Trampga uning maslahatchilari orqali ta'sir ko‘rsatishni muhokama qilishgani haqida ma'lumot yiqqan.
Ta'kidlanishicha, gap AQShdagi prezidentlik saylovlarida Tramp kampaniyasini boshqargan Pol Manafort, shuningdek, iste'fodagi general Maykl Flinn haqida bormoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, ular rossiyalik rasmiy shaxslar bilan bilvosita aloqador bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, AQSh razvedkasi yig‘ilgan ma'lumotni “FQBga topshirish uchun ancha ishonchli” deb hisoblagan.
Avvalroq “Rossiya va Donald Trampning saylovoldi shtabi o‘rtasidagi ehtimoliy o‘zaro muvofiqlashtirish” bo‘yicha ishda Oq uyning amaldagi vakili va Amerika yetakchisi maslahatchisi nomi borligi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

18:17
Shavkat Mirziyoyev 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi

14:51
Moskva aeroportlarida kollaps: dronlar hujumi tufayli aviakompaniyalar o‘nlab reyslarni kechiktirdi va bekor qildi

13:37
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi

13:22