Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni: Ramazonning birinchi kuni - shanba!
Saudiya Arabistoni Ramazonning birinchi kuni 27 may, shanba kuni bo‘lishi haqida ma'lum qildi. Bu haqida Gulf News'da xabar berildi.
Saudiya Arabistoni Oliy sudi 26 may, juma kuni Shabon oyi tugashi va 27 may, shanba Ramazonning birinchi kuni bo‘lishini e'lon qildi.
BAA Oyni kuzatish qo‘mitasining ma'lum qilishicha, payshanba kuni kechqurun mamlakatda Ramazonning boshlanganini anglatuvchi yarim oy ko‘rinmagan.
Qo‘mita 26 may, juma kuni kuzatuvni davom ettirishni rejalashtirgan.
Bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilingani haqida xabar berilgan edi. Unda 2017 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 27 may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma'lumot uchun qabul qilingani aytilgan edi.
Ta'kidlash joizki, Ramazon islom taqvimidagi to‘qqizinchi oy hisoblanadi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025