Tohir Malikning yangi kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
25 may kuni «Hilol-nashr» markaziy savdo majmuasida ushbu nashriyotda chop etilgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning «Shaytanat» romani (2 jildli qayta nashri) va «Doka ro‘mol qachon quriydi» kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda ziyouz.uz xabar bermoqda.
Taqdimotda yozuvchilar, ijodkorlar, imom-xatiblar, matbuot va ommaviy axborot vakillari hamda adabiyot muxlislari ishtirok etdi.
Taqdimot avvalida yozuvchi so‘z olib, adabiyotning asosiy vazifasi, inson hayotida ilm-ma'rifatning, kitobning tutgan o‘rni haqida gapirdi. «Badiiy adabiyot bilan diniy ilm birlashmas ekan, biz hali ko‘p adashib yuramiz… Bir zamonlar o‘zbek xalqini dindan chiqarishda o‘zbek ziyolilari peshqadam bo‘lgan edilar. Endi haq dinga qaytarishda ham ziyolilarimiz peshqadam bo‘lishlari kerak», dedi Tohir Malik.
«Hilol-nashr» nashriyotida nashr etilgan «Shaytanat» romani 2 jildli bo‘lib, uning 1-jildiga asarlarning 1-3-kitoblari, 2-jildiga 4-5-kitoblari kiritilgan. Muxlislarning fikrlari, takliflari va mulohazalarini inobatga olib, yozuvchi romanni qayta tahrir qilgan, ayrim o‘zgarishlar, qo‘shimchalar kiritgan. Noo‘rin joylarni qisqartirgan.
«Doka ro‘mol qachon quriydi» kitobida oilaviy masalalar, er-xotinlik huquq va majburiyatlari haqida so‘z boradi. Unda shu mavzudagi hadislar, buyuk allomalar fikrlari jamlangan. Shuningdek, muallifning maqola va hikoyalari kiritilgan.
Tadbir so‘nggida muallif kitoblarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
20:47 / 12.06.2020
“Shaytanat” qahramonlari ovozlaridan zig‘ir osh reklamasida foydalangan tadbirkor javobgarlikka tortilgani ma'lum qilindi
22:27 / 15.04.2020
Yodgor Sa'diyev «Shaytanat»ning yakuniy qismi nega namoyish etilmaganiga izoh berdi
19:53 / 23.03.2020
«Shaytanat» seriali teleekranga qaytmoqda
09:00 / 18.05.2019