Jahon | 01:14 / 27.05.2017
8391
1 daqiqa o‘qiladi

Halabda ozod etilganidan keyin ilk ekskursiya o‘tkazildi

Foto: Global Look Press

Suriyaning Halab shahrida terrorchilardan ozod qilinganidan keyin birinchi ekskursiya uyushtirildi. Shaharning eski qismiga butun mamlakatdan o‘quvchilar va talabalar taklif qilindi. Sayyohlar orasida urush vaqtida o‘z uyini tark etib, ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan Halabning tub aholisi vakillari ham bo‘lgan.

5 yil ichida shahar terrorchilar qo‘lidan jiddiy zararlangan. Jahon arxitekturasining ko‘plab durdonalarini restavratsiya qilishga  to‘g‘ri keladi. Biroq deyarli tegilmagan diqqatga sazovor joylar ham talaygina. Misol uchun, ular orasida 715 yilda qurilgan masjid, Halabning bosh qal'asi va ulkan amfiteatr bor.

Suriyadagi urushgacha bu shahar mamlakatning asosiy sayyohlik markazlaridan biri bo‘lib, unga har yili 7 mln ga yaqin odam tashrif buyurgan.

Mavzuga oid