Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA Quyoshga "teginadigan" zondni uchirishni rejalashtirmoqda
Amerikaning NASA agentligi kelasi 2018 yil yozida Quyosh tomon tadqiqot zondini uchirishni rejalashtirmoqda. U Quyoshga juda yaqin masofada yaqinlashishi belgilangan.
"Solar Probe Plus (SPP) missiyasi 2018 yil yoziga rejalashtirilgan", — deb xabar qilmoqda NASA. Zond 31 iyuldan 19 avgust oralig‘ida Delta IV–Heavy raketa tashuvchisida uchiriladi.
Fazoviy qurilma, reja muvaffaqiyatli amalga oshsa, Quyoshga 6,2 million kilometr masofagacha yaqinlashadi. Bu zondning Quyoshga Merkuriy sayyorasidan yaqinroq bo‘lishini anglatadi. NASAga ko‘ra, birinchi bo‘lib yirik yulduzga "teginadi", chunki u insoniyat tomonidan yuborilgan avvalgi zondlarga nisbatan Quyoshga 7 marta yaqin bo‘ladi.
Agentlikning xabar qilishicha, SPP "yulduzning tashqi atmosferasini o‘rganadi hamda uning fizik xususiyatlariga doir o‘nlab yillardan beri mavjud bo‘lgan masalalarga javob topadi".
NASAning ta'kidlashicha, ushbu tadqiqot natijalari "Yerga, sun'iy yo‘ldoshlar va fazogirlarning fazoda ishlashiga ta'sir ko‘rsatadigan fazoviy havo ko‘rinishlari hosil bo‘lishini prognoz qilishda muhim ahamiyatga ega". Zondning asosiy missiyasi 11 kunga mo‘ljallangan, tafsilotlari kelasi haftada e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
21:37 / 14.05.2025
Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi
16:48 / 21.01.2025
Sayyoralar paradi: 21 yanvar kuni oltita sayyora bir safga tiziladi
14:19 / 04.01.2025
Superoydan shimol yog‘dusigacha. 2025 yilda ko‘z bilan ko‘rishga arzigulik yettita osmon hodisasi
16:37 / 31.12.2024