Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti nomi o‘zgardi
O‘zbekiston Prezidentining 3003-sonli qaroriga muvofiq, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga xabar berdi.
Mazkur qarorda ko‘plab tegishli chora-tadbirlar, tashkiliy ishlar belgilab qo‘yilgan. Yangi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti respublika bo‘ylab ushbu yo‘nalishda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha asosiy o‘quv yurti bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus jamg‘arma tashkil etildi.
Shuningdek, qarorda mazkur sohaga yo‘naltirilgan 132ta kollej ro‘yxati tuzilib, yangi ochiladigan institut bilan yaqindan ish olib borishi belgilangan.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025