Sport | 22:38 / 28.05.2017
6656
2 daqiqa o‘qiladi

Matyo "Barselona"dan ketishini ma'lum qildi

"Barselona" himoyachisi Jyeremi Matyo jamoasi Ispaniya Kubogida "Alaves" ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qilgach, bir necha jamoadoshlariga katalon klubini yozda tark etmoqchiligini ma'lum qilgan. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda. "Barsa" bilan shartnomasi yana bir yil amal qiladigan 33 yoshli fransuz ikki klubdan taklif olgan. 

Ma'lum qilinishicha, Matyo Kubok finalidan keyin Madriddan Barselonaga parvoz vaqtida jamoadoshlaridan suvenir to‘piga imzo qo‘yib berishni so‘ragan, bu esa uning klubni tark etish qaroridan darak berishi mumkin. 

"Barselona"ning Chempionlar Ligasi chorak finalida "Yuventus"ga qarshi 1-o‘yinidan keyin klub rahbariyatining Matyo o‘yinidan tamoman ko‘ngli qolgan. O‘sha uchrashuvda Luis Enrike tanaffus vaqtida Matyoni almashtirgandi. Shundan keyin futbolchi "Barsa" tarkibida boshqa maydonga tushmagan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid