Jamiyat | 13:30 / 28.05.2017
8886
3 daqiqa o‘qiladi

Noqonuniy dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari yo‘q qilindi

2017 yilning 26 may kuni Sud Departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va sud ijrochilarining tuman bo‘limlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizom talabi asosida sud ijrochilarining ish yurituvida mavjud ijro hujjatlarining ijrosi yuzasidan tadbir o‘tkazildi.

Nizom talablariga ko‘ra, majburiy tarzda quyidagilar yo‘q qilib tashlanishi belgilangan etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo, tamaki mahsulotlari, dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari, oziq-ovqatlar uchun biologik aktiv va oddiy qo‘shimchalar, ekspertiza xulosasiga ko‘ra bevosita iste'mol (foydalanish) uchun yaroqsiz deb tan olingan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlar, majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan, sertifikatlash organining xulosasi bilan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq emas, deb e'tirof etilgan mahsulotlar, asarlarning va turdosh huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalari, ular huquq egasining iltimosi bo‘yicha ularga berilgan hollar bundan mustasno, shuningdek, kontrafakt asarlar va turdosh huquqlar obektlarini tayyorlash va takrorlash uchun foydalaniladigan asbob-uskunalar, ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bevosita iste'mol uchun yaroqsiz bo‘lgan hamda ishlab chiqarishda va ikkilamchi qayta ishlashda foydalanish uchun yaroqli, deb e'tirof etilgan oziq-ovqat tovarlari keyinchalik qayta ishlash yoki foydalanish uchun to‘lov evaziga tegishli korxonalarga beriladi.

Bugungi o‘tkazilgan tadbirda etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo, tamaki mahsulotlari, dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari, asarlarning va turdosh huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalari yo‘q qilindi.

Tadbirda sud ijrochilari, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakillari, bojxona organi xodimlari, prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti hodimlari va boshqa mutasaddi tashkilot hodimlari ishtirok etishdi.

 

Mavzuga oid