Vitaliy Klichko ukasining Joshuaga mag‘lub bo‘lishida aybni zimmasiga oldi
Butunjahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha super og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni, «abadiy» chempion unvoniga ega, hozirda Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko ukasi Vladimirga britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi jang oldidan noto‘g‘ri maslahat bergani haqida gapirdi.
«Men Vladimirga jangning oltinchi raundidan keyin xato maslahat bergandim. Men ishonch bildirgandimki, Joshua bunday ulkan tanasi tufayli oxirgi raundlarida faol bo‘la olmaydi. Men Vladimirni jangni tezroq yakunlash fikridan qaytardim. Men yettinchi-sakkizinchi raunddan keyin Joshua charchay boshlashi va Vladimirning imkoniyati oshishiga umid bildirgandim. Hozir men bundan afsus qilyapman, balki o‘shanda Entoniga bosim o‘tkazish kerak edi. Bu maslahatim xato bo‘lgandi», — deya Vitaliy Klichkoning so‘zlarini keltirgan «Segodnya».
30 aprel kuni o‘tkazilgan jangning 11-raundida Entoni Joshua Vladimir Klichkoni nokautga uchratgandi.
Mavzuga oid
10:17 / 22.09.2024
Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi
15:35 / 23.07.2024
Klichko Rossiyaga hududiy yon bosish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini istisno etmadi
21:01 / 05.02.2024
Klichko Zalujniyning iste’fosiga qarshi chiqdi
19:12 / 03.12.2023