Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy qora tuynuklarni o‘rganuvchi ilk rentgen teleskopini ishga tushiradi
Xitoy yaqin kunlarda Hard X-ray Modulation Telescope (HXMT) deb nomlangan birinchi rentgen kosmik teleskopini ishga tushiradi. Yangi teleskop qora tuynuklar va neytron yulduzlarni, shuningdek Somon yo‘li galaktikasini kuzatadi. Bu haqida CGTN telekanali Xitoy fanlar akademiyasi bosh ilmiy xodimi Chjan Shuannanga asoslanib xabar berdi.
"Bizning kosmik teleskopimiz qora tuynuklar va neytron yulduzlar kabi yuqori energiyali kosmik obektlarni kuzatish bo‘yicha noyob imkoniyatlarga ega. Uning yordamida qora tuynuklar evolyutsiyasi va neytron yulduzlarning kuchli magnit maydonlari kabi jumboqlarni yechishga umid qilamiz", - deydi olim.
"Koinotda qora tuynuklar va neytron yulduzlar juda ko‘p, biroq bu obektlarning birortasi haqida to‘liq tushunchaga ega emasmiz. Aynan shuning uchun bizga yangi sun'iy yo‘ldoshlar kerak", - deya izoh beradi Chjan Shuannan.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning kosmik teleskopi boshqa xorijiy rentgen yo‘ldoshlardan farqli o‘laroq, yanada keng energiya diapazoniga ega. HXMT avvallari bir necha sun'iy yo‘ldosh faoliyatini talab qilgan vazifalarni bajara oladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025