Light | 22:17 / 29.05.2017
23920
3 daqiqa o‘qiladi

Qanday meva va sabzavotlar foydaliroq: sarxilimi yoki muzlatilgani?

Foto: Getty Images

Biz odatda sarxil meva va sabzavotlarni tanlaymiz. Ular muzlatilgan taqdirda mikroelementlar kamayib qoladigandek tuyuladi. "Layfxaker" shu mavzuga oid maqolasini taqdim etdi. 

Ko‘pchilik mahsulotlarning ta'mini saqlab qolish uchun ularni muzlatib qo‘yishga uringan, biroq birinchi bo‘lib ixtirochi Klarens Byordsay buning uddasidan chiqqan. XX asr boshida u qarmoqqa ilingan baliqlarni muzga joylayotgan eskimos-baliqchilarini kuzatgan. O‘lja 40 darajali sovuqda darhol muzlagan. Byordsay kechki ovqat paytida bunday baliq ta'm jihatidan sarxil baliqlardan farq qilmasligiga e'tibor bergan va bu g‘oyani o‘ziga qurol qilib olgan.

Bugungi kunda muzlatishning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan, sovuqda qayta ishlashdan avval sabzavotlar qaynagan suvda yuviladi. Haroratning bunday keskin o‘zgarishida mahsulot ba'zi foydali xususiyatlarini yo‘qotadi. Biroq yodingizda bo‘lsin: mahsulotlar ma'lum muddatdan so‘ng ozuqaviy moddalarining muayyan bir qismini yo‘qotadi. 

Masalan, yashil no‘xat yig‘ib olinganidan keyin 24-48 soat davomida S vitaminining yarmini yo‘qotadi. 

Kaliforniya Universiteti olimi Ali Bozari va uning hamkasblari sarxil va muzlatilgan sabzavotlardagi foydali moddalar tarkibini taqqoslashdi, biroq hech qanday sezilarli farq topishmadi. Masalan, sarxilga nisbatan muzlatilgan makkajo‘xori, chernika va loviyada S vitamini ko‘proq bo‘lgan. Shuningdek muzlatilgan brokkolida V2 vitamini ko‘proq ekani aniqlangan.

Boshqa bir tadqiqot doirasida olimlar sarxil va muzlatilgan mahsulotlardagi sellyuloza, magniy, sink, temir va kalsiy miqdorini taqqoslashdi, biroq bunda ham sezilarli o‘zgarishlar yo‘qligini aniqlashdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, muzlatilgan meva va sabzavotlar barcha vitamin va minerallarni saqlab qolar ekan.

Demak, meva va sabzavotlarning ozuqaviy moddalar miqdori borasida xavotirga o‘rin yo‘q. Muzlatilgan va sarxil mahsulotlar orasidagi asosiy farq - ularning ta'mida. 

Mavzuga oid