O‘zbekiston 44 mlrd dollarlik shartnomalar tuzgan - Abdulaziz Komilov
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 27 may kuni Oliy Majlis Senati yalpi majlisida nutq so‘zladi. Vazir nutqining to‘liq matni vazirlik rasmiy saytida keltirilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2017-2021 yillar davomida mamlakatni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston tuzgan shartnomalarning umumiy qiymati 44 milliard dollardan oshadi.
«Umuman olganda, o‘tgan 9 oy davomida imzolangan savdo-sarmoyaviy bitimlar va shartnomalarning umumiy soni 320dan ziyodni, mablag‘ hajmi esa 44 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Ularning amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida 13 mamlakat bilan amaliy harakatlar rejalari ("yo‘l xaritalari") tasdiqlandi», degan Komilov.
Vazir bergan ma'lumotga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya va Xitoyga davlat tashriflari davomida jami 37,7 mlrd dollarlik 239ta kelishuv va shartnomalar tuzilgan.
Mavzuga oid
08:52 / 28.09.2024
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 30 sentabr kuni chaqiriladi
16:47 / 26.09.2024
Senatdagi qo‘mita raisi bir vaqtning o‘zida boshqa joyda ham ishlashiga izoh berildi
13:08 / 21.09.2024
Senat Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasini ratifikatsiya qildi
12:29 / 21.09.2024