Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«GM Uzbekistan» 1 iyundan avtomobillarni yetkazib berishga doir shartnomalar tuzish jarayonini tiklaydi
«GM Uzbekistan» AJ joriy yilning 1 iyunidan avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish jarayonini tiklaydi. Bu haqida «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati xabar berdi.
Yozning birinchi kunidan yangi shartnomalarni rasmiylashtirish faqat milliy valyutada amalga oshiriladi, bu yengil avtomobillarning barcha turlariga taalluqli. Bundan avval tuzilgan shartnomalar shartlari o‘zgarishsiz qolmoqda.
Ta'kidlash joizki, «GM Uzbekistan» bilan shartnoma tuzish vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgandi. Kompaniya 29-31 may kunlari shartnomalar, to‘lovlar inventarizatsiyasini o‘tkazadi, shuningdek shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ma'lumotlarni yangilash elektron tizimini qayta ishga tushiradi.
Mavzuga oid
09:46 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida yerni 2,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:12 / 18.02.2025
588 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar sotuvga chiqishining oldi olindi
12:08 / 25.10.2024
Starbucks global sotuvlar tarixidagi eng keskin pasayish haqida xabar berdi
16:40 / 08.08.2022