Fan-texnika | 17:35 / 31.05.2017
13253
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi «Tesla» suratlari paydo bo‘ldi

Foto: electrek.co

Internet tarmog‘ida yangi «Tesla» – Model 3 interer va ekstereriga oid suratlar paydo bo‘ldi. Umumiy foydalanishdagi yo‘lda sinovdan o‘tgan avtomobil Kaliforniyada fototasmalarga muhrlandi, deb yozmoqda Electrek.

Avvalroq, Ilon Mask «Tesla»ning eng arzon modeli – Model 3 – uskunalar paneliga ham, proyeksiya displeyiga ham ega bo‘lmasligini aytgan edi. Suratlar uning so‘zlarini tasdiqlaydi: avtomobilning old paneli markazida bitta katta ekran bor. Shuningdek, Mask haydovchini uskunalar paneli bo‘lishi bo‘lmasligi «umuman qiziqtirmaydi» degandi. 

Tesla Model 3 kontsept namunasi o‘tgan yil aprelida namoyish qilindi. Uning seriyali namunasi shu yil iyul oyi boshida taqdim etiladi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yangi mashinaning kuzovi po‘lat va alyuminiydan bo‘ladi. U qayta quvvatlanishlarsiz 480 kmgacha harakatlana oladi. Buning uchun unga  80 kVt*soat hajmli batareya o‘rnatiladi. Avval xabar qilinganidek, bu modelga Model S yoki Model X elektromobillariga qo‘yilgan 100 kVt*soat hajmli batareyalar o‘rnatilmaydi.

Uning boshlang‘ich narxi – 35 ming dollar atrofida bo‘lishi aytilmoqda. 

Mavzuga oid