Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan avtomobillarga “shapkalar” haqida xabar berishni so‘radi
GM Uzbekistan kompaniyasi O‘zbekiston aholisini respublika avtosalonlaridagi turli qonunbuzarlik holatlari haqida ma'lum qilish so‘ralgan xabarni e'lon qildi.
“Hurmatli iste'molchilar, dilerlik korxonalari yoki ularning xodimlari tomonidan avtomobillarni realizatsiya qilishning o‘rnatilgan tartibida qonunbuzarlik holatlari amalga oshirilgani aniqlansa, qo‘shimcha mukofotlash talab qilinsa va boshqa qonunga zid xatti-harakatlar amalga oshirilsa, GM Uzbekistan yagona ishonch telefoniga: (+998 71) 147-14-14 darhol murojaat qilishingizni so‘raymiz", - deyiladi kompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyun kunidan boshlab GM Uzbekistan’ning barcha avtomobillari so‘mda sotilishi yo‘lga qo‘yiladi. Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, 1 iyunga qadar avtomobillarni berish va yangi shartnomalarni rasmiylashtirish vaqtinchalik to‘xtatildi.
Mavzuga oid
19:54 / 24.01.2025
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
08:50 / 12.07.2024
Toshkentdagi yana bir avtosalon odamlarni aldagani aytilmoqda
07:44 / 27.03.2024
Toshkentda fuqarolardan 6,1 mlrd so‘mni aldab olgan «avtosalon egalari» qamaldi
14:22 / 11.09.2023