O‘zbekiston | 09:56 / 01.06.2017
78477
1 daqiqa o‘qiladi

1 iyun. GM avtosalonlarida nima gap?

Avvalroq "GM Uzbekistan" AJ 1 iyundan o‘zi ishlab chiqaradigan avtomobillar narxini oshirishni rejalashtirgani, narxlar 25-30 foizga oshishi taxmin qilinayotgani haqida xabar berilgandi

Biroq, Kun.uz muxbirining avtosalonlardan biridan xabar qilishicha, yangi narxlar haqida ma'lumot hozircha chiqmagan, shartnomalar ham shu sababli berilmayotgan ekan. Bundan tashqari, ma'lum qilinishicha, avtosalonga tashrif buyurayotgan odamlar soni ancha ko‘p.

Taxminlarga ko‘ra, "GM Uzbekistan" avtomobillarining yangi narxlari kunning ikkinchi yarmida paydo bo‘lishi ehtimolga yaqin.

 

 

Mavzuga oid