Jahon | 08:03 / 01.06.2017
15859
2 daqiqa o‘qiladi

Teri qarishini sekinlashtiruvchi modda topildi

Foto: Genotek

Amerikalik biologlarning aniqlashicha, arzon narxda sotib olish mumkin bo‘lgan metilen ko‘k bo‘yog‘i inson terisiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, deb xabar bermoqda Scientific Reports jurnali.

Mutaxassislar ilmiy tadqiqot o‘tkazish uchun uch xil insonning teri hujayralaridan foydalanishdi – o‘rta yoshdagi sog‘lom kishilar, 80 yosh atrofidagi keksalar va qarish jarayonini tezlashtiruvchi kasallikka ega kishilar. Bu moddaning ta'sirida teri namunalarida qon tomirlarni tashkil etishga javobgar bo‘lgan fibroblastlar biroz yaxshilangan, teriga yetgan zarar tezda bitgan. Biologlarning aniqlashicha, teriga moddaning ta'siri vaqtinchalik bo‘lmagan – bu holat tajriba yakunlanganidan so‘ng ham kuzatildi.

Olimlarning aytishicha, metilen ko‘k moddani me'yorda qo‘llash ko‘k rangga bo‘yalishga sabab bo‘lmaydi, shuning uchun biologlar kelajakda tajribalar va tadqiqotlarni davom ettirish niyatida. Ularning natijalariga ko‘ra, bu moddani teri qarishini oldini olishda foydalanish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid