Fotojamlanma: Google'ning Londondagi yangi shtab-kvartirasi
2018 yilda Londonda Kings-Kross vokzali yaqinida Google'ning yangi shtab-kvartirasi qurila boshlaydi. Kompaniya 2013 yilda AHMM loyihasidan voz kechganidan so‘ng yangi rejalar ustida Bjarke Ingels Group va Heatherwick Studios ishladi. TheVerge shu mavzudagi maqolasi va fotojamlanmasi bilan bo‘lishdi.
Yangi binoda 4 mingdan ziyod kishi ishlaydi. Uning tom qismida bog‘ barpo qilinadi, shu bilan birga u yerda yugurish yo‘lakchasi, suzish havzasi, 210 kishiga mo‘ljallangan konferens-zal va do‘konlar qurilishi rejalashtirilgan.
"Bu hudud turli binolar va kengliklarning ajoyib birikmasidir va katta vokzallar, yo‘llar hamda kanallarning bunday uyg‘unligi menga yoqmasligi mumkin emas. Biz ushbu maskan ta'siri ostida Google uchun yangi bino izladik", - deydi dizayner Tomas Xizervik.
Bugungi kunda Amerika kompaniyasining Londondagi filiali xodimlari shahar bo‘ylab tarqalgan bir necha idoralarda ishlaydi. Ularni bir tom ostiga birlashtiruvchi yangi bino AQSh tashqarisida Google uchun ishlab chiqilgan va unga tegishli bo‘lgan birinchi inshoot bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:21 / 18.09.2024
Yevropa Ittifoqi sudi Google’ga belgilangan 1,5 mlrd yevrolik jarimani bekor qildi
22:37 / 17.09.2024
Londondagi Oksford-strit ko‘chasi piyoda uchun mo‘ljallangan hududga aylantiriladi
14:50 / 16.09.2024
Buyuk Britaniyada “Lazgi” spektakli namoyish etildi
08:50 / 14.09.2024