Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda robot o‘quvchilar bilan algebradan imtihon topshirish bo‘yicha bellashadi
Xitoyda joriy yilda AI-MATHS sun'iy ongi matematikadan "gaokao" bitiruv imtihonlarini topshirish bo‘yicha o‘quvchilar bilan bellashadi. "Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilishicha, imtihon 7 iyunga belgilangan.
Robot ikki soat ichida matematik topshiriqlarning bir necha variantlarini yechishga harakat qilib ko‘radi. Robot yaratuvchilarining aytishicha, AI-MATHS fevral oyida ham imtihon topshirgan. Biroq o‘shanda mashina maqtanishga arzigulik natija qayd qila olmagan, u 93 ball yiqqan, bu esa imtihondan o‘tish uchun minimal bo‘sag‘adan bor-yo‘g‘i 3 ballga ko‘proqni tashkil qilgan.
"Biz mashinaning mantiqiy fikr yuritishini takomillashtirish ustida ishlamoqdamiz va algoritmik topshiriqlar yechish spektrini kengaytirmoqdamiz", deb aytdi robotni ishlab chiqayotgan "Chendu chjunsin'yunsyue" kompaniyasi ijrochi direktori Lin Xuey. Dasturchilarning ta'kidlashicha, bo‘lajak imtihonda robot topshiriqlarni yuqoriroq natijalar bilan bajarishga harakat qilib ko‘radi.
Ushbu loyiha Xitoyning fan va texnologiyalar vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda: vazirlik 2020 yilgacha Xitoyning eng yaxshi oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishga yetarli bo‘ladigan natijalar bilan imtihon topshira oladigan robotlarni yaratish vazifasini qo‘ygan.
Xitoy jamoatchiligi tomondan sun'iy ong sohasida ishlanmalar yaratishga qiziqish may oyida Google kompaniyasining DeepMind kompyuter dasturi go o‘yini bo‘yicha Xitoy va jahon chempioni Ke Tszeni mag‘lub etgandan keyin avj olgan.
Kompyuter go bo‘yicha dunyoning eng kuchli o‘yinchisini uch o‘yindan iborat musobaqada yutgan. Ke Tszening tan olishicha, avval dastur bunchalik mukammal bo‘lmagan, biroq hozirda AlphaGo tomondan amalga oshiriluvchi va qabul qilinuvchi harakatlar inson tafakkuri va imkoniyatlari chegarasidan yuqoridir.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025