Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Qoradori 2017”: Sergelida giyohvand do‘stlar ushlandi
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, 2017 yilning 30 may kuni, taxminan soat 23:30 da, Sergeli tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori 2017” tadbiri davomida, fuqaro Aleksandr Konstantinovich Shishkin va Denis Vladimirovich Semishkinlar yonida og‘irligi 428,43 gramm “marixuana” giyoxvandlik moddasini saqlab kelishayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda, ko‘p miqdorda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi
08:24 / 18.04.2025
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
10:38 / 11.04.2025
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi
10:02 / 10.04.2025