Jamiyat | 12:30 / 04.06.2017
149439
2 daqiqa o‘qiladi

Jasurbek Ibrohimov o‘limiga aloqadorligi gumon qilinayotgan shaxs 10 yilga qamalishi mumkin

Toshkent shahar IIBB kollejdoshlari tomonidan kaltaklanganidan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan Jasurbek Ibrohimov ishi yuzasidan rasmiy axborot berdi.

«2017 yil 3 may kuni taxminan soat 14:00 larda Yashnobod tumani hududidagi 145-maktab oldida Jasurbek Maxamad o‘g‘li Ibragimovga nisbatan og‘ir tan jarohatlari yetkazilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan 1999 yilda tug‘ilgan Islombek Abdujamilovich Tulaganovga nisbatan mavjud bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyilgan xabarnomada.

Hozirda boshqa shaxslarning mazkur jinoyatga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Tergov harakatlari yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar berib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Borovskiy nomidagi kollejning 2-kursida ta'lim oluvchi Jasurbek Ibrohimov 1 iyun kuni kasalxonada vafot etdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, u 3 may kuni kollejdoshlari tomonidan qattiq kaltaklangan, shundan so‘ng kasalxonaga tushgan.

Shifokorlar jabrlanuvchini besh marta operatsiya qilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Ayni vaqtda kaltaklagan bezorilarni jazolashni so‘rab petitsiya boshlangan.

Jasurbek Ibrohimovni kaltaklagan bezorilarni jazolashni so‘rab petitsiya boshlandi

Mavzuga oid