Jahon | 16:20 / 04.06.2017
8484
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya armiyasi IShIDning Halabdagi muhim tayanch nuqtasini egalladi

Suriya hukumati qo‘shinlari IShID jangarilarini Halab viloyati hududidagi Maskane shahridan surib chiqardi. Bu haqda SANA agentligi xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, bu IShIDning hududdagi eng muhim tayanch nuqtasi bo‘lgandi.

Ayni vaqtda armiyaning sapyorlar bo‘linmalari shahar va atrofdagi qishloqlarni terroristlar tomonidan o‘rnatilgan minalardan tozalashga kirishgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid