Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson Qatar atrofidagi vaziyatni izohladi
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Fors ko‘rfazi mamlakatlarining Qatar bilan diplomatik munosabatlarini uzgani to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng shu xususda bayonot berdi. U mintaqa davlatlarini birdamlikka chaqirdi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.
Dushanba, 5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va BAA Qatar bilan diplomatik va konsullik munosabatlarini uzganligini e'lon qildi. Ular rasmiy Doxani terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ushbu arab davlatlaridagi ichki vaziyatni beqarorlashtirish bo‘yicha harakatlarni olib borayotganlikda aybladi.
"Biz, albatta, tomonlarni muzokaralar davrasiga o‘tirish va tushunmovchiliklarga barham berishga chaqiramiz", — deya Sidneyda shunday bayonot bergan Tillerson so‘zlarini keltiradi agentlik.
"Agar muammolarni bartaraf etish borasida biror yordam bera olsak, unda biz Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashi yagona bo‘lib qolishini xohlaymiz", — deb qayd etgan Tillerson.
Mavzuga oid
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari
11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi
10:14 / 02.05.2025