Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy barcha mamlakatlarni koinotdan tinch maqsadlarda foydalanishga chaqirdi
Xitoy raisi Si Tszinpin kosmik kenglikni tinch maqsadlarda tadqiq qilish zarurati haqida so‘z yuritdi.
XXR rahbari koinotni tadqiq qilish bo‘yicha GLEX-2017 xalqaro konferensiyasining ochilishiga yo‘llagan yozma murojaatida shunday bayonot bilan chiqqan.
"Xitoy azaldan koinot va ilmiy-texnik innovatsiyalarni tadqiq qilish masalalariga muhim ahamiyat qaratib kelgan. XXR kosmik kenglikni tadqiq qilish natijalari insoniyat kelajagi rivojiga hissa qo‘shishi uchun dunyoning barcha mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, koinotni tinch maqsadlarda tadqiq qilish, o‘rganish va undan foydalanishga tayyor", - deya o‘qib berdi Xitoy rahbarining so‘zlarini XXR rais o‘rinbosari Li Yuanchao.
Si Tszinpin shuningdek ilmiy-texnik tadqiqotlar natijalari barcha mamlakatlar xalqlarini boyitishiga umid bildirdi.
So‘nggi yillarda Xitoy kosmonavtikada sezilarli yutuqlarga erishmoqda va Oy hamda Marsni tadqiq qilish bo‘yicha katta dasturni ishlab chiqmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025