Jahon | 22:36 / 06.06.2017
6394
2 daqiqa o‘qiladi

Qatar TIV rahbari terrorizmni qo‘llab-quvvatlashga doir ayblovlarni rad etdi

Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad Abud-ur-Rahmon At-Taniy uning mamlakati terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamasligiga doir bayonot bilan chiqdi. 

"Biz terrorni moliyalashtirishga qarshi kurashyapmiz va dunyoni salohiyatli terrorchi va guruhlardan himoya qilyapmiz", - dedi u CNN telekanaliga bergan intervyusida

At-Taniy Qatarni ekstremistik guruhlarni qo‘llab-quvvatlashga oid bayonotlardagi qarama-qarshilikka diqqatni qaratdi. 

"Bu bayonot qarama-qarshiliklarga to‘la: bir tomondan, biz go‘yoki Eronni qo‘llab-quvvatlaymiz, boshqa tomondan esa - Suriyadagi ekstremistik guruhlarni, shu bilan birga ham Saudiya Arabistonidagi "Musulmon birodarlar" terrorchi guruhini qo‘llab-quvvatlaymiz, ham xusiylarni", - deydi vazir. 

At-Taniy Qatarga yog‘dirilgan ayblovlarning barchasi soxta ma'lumotlarga asoslanganini ta'kidladi. Shunday ekan, vazir mamlakatning ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga doir muzokaralarga tayyor ekanini bildirdi. 

5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA, Misr, Yaman, Liviya, Maldiv va Mavrikiy Respublikasi Qatarni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzishgani haqida xabar berilgandi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid