Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kurdlar Raqqa qamalini boshladi
Kurdlarning «Suriya demokratik kuchlari» (SDF) guruhi otryadlari va AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Suriyaning Raqqa shahrini IShIDdan ozod etish uchun qamal boshladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Agentlik xabariga ko‘ra, ayni vaqtda shaharning sharqiy qismidagi hududda janglar davom etmoqda. Kurd harbiy bo‘linmalari IShIDning Raqqa shimolidagi harbiy bazasiga ham hujum uyushtirgan. Tashkilot rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatli yurishda koalitsiya tarkibidagi ittifoqchilarning harakatlari ahamiyatli bo‘ldi: samolyotlar IShID pozitsiyalariga zarbalar bermoqda, shuningdek, quruqlikdagi qo‘shinlar kurdlar bilan yelkama-yelka turib jang qilmoqda.
Raqqa — 2014 yilda IShID tomonidan bosib olingach, poytaxtga aylantirilgandi. Raqqaning ozod etilishi xalqaro kuchlarning asosiy maqsadiga aylangan.
Mavzuga oid
11:18 / 14.03.2025
Germaniyada «katta koalitsiya» tuzish bo‘yicha muzokaralar boshlandi
07:51 / 07.11.2024
Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi
07:56 / 16.05.2024
Niderlandiyada o‘ng qanot partiyalar koalitsiya tuzishga kelishib oldi
14:31 / 16.06.2023