Sport | 07:42 / 07.06.2017
11222
1 daqiqa o‘qiladi

Balotelli yangi mavsumni qaysi jamoada boshlashi ma'lum

«Nitstsa» hujumchisi Mario Balotelli faoliyatini Dortmundning «Borussiya» jamoasida davom ettiradi.

Futbolchining agenti Mino Rayolani bugun «Borussiya» ofisida ko‘rishgan.

«Ha, Balotelli Dortmundda o‘ynaydi», – deya javob qaytargan Rayola futbolchining kelajagi borasidagi savollarga.

Balotelli yakunlangan mavsumda «Nitstsa» safida 28 uchrashuvda maydonga tushib, 17 gol urgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid