Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN Qatar mojarosida Rossiyani aybladi
Amerikalik tergovchilarning fikricha, rus xakerlari Qatar davlat axborot agentligiga hujum qilishgan va AQShning Fors ko‘rfazi hududidagi yaqin ittifoqchilari o‘rtasida inqiroz paydo bo‘lishiga olib kelgan soxta xabarni e'lon qilishgan. Bu haqda CNN amerikalik amaldorlarga asosan xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, FQB Dohaga Qatar hukumatiga xakerlar ishtirokidagi hodisani surishtirishda yordam ko‘rsatish uchun tergov guruhini jo‘natgan.
«AQSh xavfsizlik xizmatlari tomonidan yig‘ilgan ma'lumotlar, Qatar hukumati ikki hafta avval ilk bora ma'lum qilgan hujumga rus xakerlari aloqador ekanini ko‘rsatdi», - deya xabar berdi telekanal.
Qatarning Vashingtondagi elchixonasining xabar berishicha, tergov davom etmoqda, uning natijalari yaqin orada e'lon qilinadi.
May oyida qator davlatlar Qatarning Eron haqidagi ijobiy kayfiyatdagi va AQSh prezidenti Donald Tramp tanqid qilingan yangiligini to‘sib qo‘yishgani ma'lum qilingandi. Qatarda ma'lum qilishlaricha, bu yangiliklar xakerlik hujumi tufayli e'lon qilingan, hamda shu sababdan haqiqiy emasdir.
Mavzuga oid
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025