Hindistonda och qolgan echki ming dollarlik kupyuralarni chaynab yubordi
Hindistonlik fermer echkisiga o‘z vaqtida ovqat bermagani uchun qattiq pushaymon yedi: och qolgan echki umumiy qiymati 62 ming rupiyni (962 dollar) tashqil qilgan 31 ta kupyurani chaynab yubordi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Voqea Uttar-Pradesh shtatidagi qishloqda yashovchi Sarvesh Kumar Pal ismli fermer bilan sodir bo‘lgan. Fermer 66 ming rupiyga g‘ishtli uy sotib olmoqchi bo‘lgan va barcha pulni shimi cho‘ntagiga solib qo‘ygan.
Pal vannada cho‘milayotganda uning och echkisi kupyuralar bilan "tamaddi qilish"ga qaror qilgan. Echki bunga shunchalik berilib ketganki, 62 ming rupiylik banknotalarni chaynab yuborgan.
Echkining bu "hashamatli tanovulidan" keyin fermerda bor-yo‘g‘i 2 ta 2 ming rupiylik banknota qolgan, biroq ular ham yaroqsiz holda bo‘lgan. Echkining bunday shumligidan keyin taqdiri ne kechgani ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
21:20 / 19.11.2024
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari haqidagi uzoq kutilgan qonun imzolandi. Sohada nima o‘zgaradi?
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024