Jahon | 18:50 / 07.06.2017
25155
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar mojarosi: yana bir davlat Doha bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Foto: RIA "Novosti"

Hind okeanidagi orol davlat – Komor arab mamlakatlari ketidan Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Saudiyaning SPA yangiliklar agentligi xabar bergan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Komor hukumati diplomatik aloqalar uzilgani haqidagi tegishli bildirishnomani Qatarning Moronidagi elchixonasiga yuborgan, bu qaror bugundan boshlab kuchga kiradi.

Dushanba kuni Misr, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi hamda Dohani terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va Yaqin Sharqdagi vaziyatni beqarorlashtirishda ayblashdi. Keyinchalik ularning safiga Yaman, Liviya muvaqqat hukumati, Maldiv va Mavrikiy ham qo‘shildi. Iordaniya Dohadagi o‘z diplomatik vakolatxonasi darajasi pasaytirilganini ma'lum qildi. Qatar TIV rahbarining ma'lum qilishicha, Doha javob choralarini qabul qilmaydi.

Mavzuga oid