Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Politsiya London terakti bo‘yicha yana bir gumonlanuvchini qo‘lga oldi
London politsiyasi xodimlari Britaniya poytaxtida amalga oshirilgan teraktni tergov qilish doirasida yana bir kshini qo‘lga oldi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus xabarida so‘z yuritilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, shaharning sharqiy tumanlaridan birida politsiyaning aksilterror bo‘linmalari ishtirokida maxsus amaliyot o‘tkazilgan. Tergovchilar xonadonda tintuv o‘tkazishgan va 30 yoshli erkakni qo‘lga olishga qaror qilgan. Unga terrorizmga yordam berish aybi ilgari surilgan.
6 iyun kuni Buyuk Britaniya huquqni himoya qilish organlari 3 iyun kungi terakt bo‘yicha ushlanganlarning barchasini qo‘yib yuborgani haqida xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, London ko‘prigida sodir etilgan qo‘poruvchilikdan so‘ng, 12 kishi qo‘lga olingan edi. 5 iyun kuni, ushbu ish bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borayotgan tergovchilar barcha hujum qilganlarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgani aytilgandi.
Avval xabar berilganidek, 3 iyun kuni 3 erkak mikroavtobusda London ko‘prigi yaqinida piyodalarni bosib ketgan, so‘ngra Boro bozoriga yetib borgach, mashinalardan chiqib pichoqlar bilan o‘tkinchilarga hujum qilgandi.
Buning oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 48 kishi yaralandi. Terrorchilar politsiyachilar tomonidan otib o‘ldirildi. Jinoyat uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
10:40 / 05.05.2025