Jahon | 07:43 / 07.06.2017
12024
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Ar-Riyodga tashrifi vaqtida Qatar amiri bilan suhbatlashgan

Foto: Official White House Photo by Shealah Craighead

AQSh prezidenti Donald Tramp Ar-Riyodga tashrifi vaqtida Qatar amiri Tamir bin Hamad Ol Soniy bilan terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha sermahsul muzokaralar o‘tkazgan. Bu haqda Oq uyning rasmiy vakili Shon Spayser ma'lum qildi. 

"Prezident Ar-Riyodga tashrifi vaqtida Qatar amiri bilan juda sermahsul muzokara  o‘tkazgandi", deb aytdi Spayser va muzokaralarda gap terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurash haqida ketganini qo‘shimcha qildi. 

Tramp may oyi oxirida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgandi. AQSh, arab va musulmon davlatlari yetakchilari Ar-Riyodda o‘tgan sammitda birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha terrorchilikka qarshi kurashish zarurligini tasdiqlashgan va bu holatdan birinchi navbatda musulmonlar jabr ko‘rayotganini ta'kidlab o‘tishgan.   

Mavzuga oid