Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» Allegri bilan yangi shartnoma tuzdi
«Yuventus» bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan shartnomani yangiladi. 49 yoshli italiyalik mutaxassis bilan yangi kelishuv 2020 yilga qadar mo‘ljallangan.
Allegri «Yuventus»ni 2014 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligida jamoa uch marta Italiya chempioni bo‘ldi (2015, 2016, 2017), bitta Italiya Superkubogi (2015) qo‘lga kiritdi va ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi (2015, 2017).
Allegri bilan «Yuventus» o‘zining chempionlik seriyasini olti yilga yetkazdi. Turinliklar oxirgi marta A Seriyada 2010/2011 yilgi mavsumda chempion bo‘lmagandi.
O‘tgan 3 mavsumda «Yuventus» milliy chempionat doirasidagi 114 uchrashuvdan 84tasida g‘alaba qozongan, bu o‘yinlarda o‘rtacha 2,36 ochko olinganini anglatadi. Jamoa bu o‘yinlar davomida 224 gol urib, 71 gol o‘tkazgan.
Allegri murabbiylik faoliyati davomida «Grosseto», «Lechche», «Sassuolo», «Kalyari» va «Milan» jamoalarida ishlagan.
Mavzuga oid
12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi
09:48 / 14.03.2025
Foydali qazilmalar va mudofaa sohasida hamkorlik, axborot almashinuvini kuchaytirish – O‘zbekiston-Fransiya strategik sheriklik shartnomasida nimalar ko‘zda tutilgan?
11:29 / 26.02.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida fuqarolar kelib-ketishi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritildi
12:40 / 14.02.2025