Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina o‘rtoqlik uchrashuvida Braziliyadan ustun keldi
Argentina terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Braziliyaga qarshi maydonga tushdi va kichik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Avstraliyaning Melburn shahridagi «Melbourne Cricket Ground» stadionida o‘tkazilgan o‘yindagi yagona gol 45-daqiqada argentinaliklar himoyachisi Gabriel Merkado («Sevilya») hisobiga yozildi.
Bu uchrashuv «albiseleste»ning yangi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli uchun birinchisi edi va uning debyuti muvaffaqiyatli chiqdi. Braziliyaliklar tarkibida terma jamoa yetakchisi Neymar ishtirok etmadi.
Ayni vaqtda JCh-2018 saralashida Braziliya guruhda birinchi o‘rinni egallab turibdi, bu terma jamoa mundialdagi ishtirokini kafolatlab bo‘lgan. Argentina terma jamoasi esa beshinchi o‘rinda.
Reglamentga ko‘ra, Janubiy Amerika saralashida dastlabki 4ta o‘rin egalari jahon chempionatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishadi, beshinchi o‘rin egasi Okeaniya vakiliga qarshi o‘tish o‘yinlarida qatnashadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Braziliya – Argentina 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 45 Merkado.
Braziliya – Ueverton, Tiago Silva, Filipe Luis, Fagner (Rafinya, 73), Jil, Paulino (Juliano, 81), Fernandino, Villian, Renato Augusto (Duglas Kosta, 66), Koutino, Gabriel Jyezus (Tayson, 90).
Argentina – Romero, Otamendi, Maydana, Gomes (Talyafiko, 52), Merkado (Mammana, 75), Di Mariya (Akunya, 90), Bigliya, Banega (Lansini, 81), Dibala (Rodriges, 69), Messi, Iguain (Korrea, 46).
Ogohlantirishlar: Maydana (31), Paulino (78), Rafinya (80).
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
20:37 / 12.05.2025