Jamiyat | 21:47 / 09.06.2017
14708
3 daqiqa o‘qiladi

Suvni neftdan tez va sifatli tozalash usuli kashf qilindi

Amerikalik fiziklar neft tomchilari va molekulalariga birikib, ularni magnitlar yordamida suv va boshqa suyuqliklardan ajratishga qodir nanozarrachalarni yaratishdi. Journal of Nanoparticle Research jurnalida shu haqida maqola chop etildi

"Hozirda biz bu nanozarrachalarni qayta ishlashga imkon beruvchi texnologiya ustida ishlamoqdamiz. Fikrimizcha, bunday texnologiyalarning yaratilishi nafaqat neft to‘kilishiga qarshi kurash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, balki bu jarayonni ekologiyaga xavfini kamaytiradi", - dedi Ostindagi Texas universiteti olimi Saebom Ko. 

2010 yilda Meksika ko‘rfazidagi neft qazib oluvchi Deepwater Horizon platformasidagi avariya, shuningdek AQShdagi konlarni qazishda yerosti suvlariga uglevodorodlarning to‘kilishi olimlarni suvning neft bilan ifloslanishiga qarshi kurashishning yangi usullarini izlashga majbur qildi. Bugun bu maqsadlar uchun o‘z xususiyatlariga ko‘ra sovunga o‘xshash maxsus moddalar qo‘llanadi - ular neftga birikib, uni ko‘pik ko‘rinishida suv sathiga chiqarib tashlaydi. 

Bu moddalar o‘z-o‘zidan qimmat turadi va tabiatga neft kabi ziyon keltiradi. Shu bois olimlar bugungi kunda ifloslanishga qarshi kurashda "neftli" mikroblar va turli nanozarrachalarni nisbatan arzon va xavfsiz yo‘llar bilan moslashtirishga harakat qilishmoqda. 

Ko va uning hamkasblari bunday vazifalarni yechishga qodir nanozarrachalarning yaratilishi haqida so‘zlab berishdi. Ular maxsus qatlam bilan qoplangan temir atomli mikroskopik sohalardan iborat. Uning ijobiy zaryadi ularning salbiy zaryadga ega neft tomchilaridagi og‘ir uglevodorodlar molekulalariga "yopishish"iga va ular bilan birga harakatlanishga imkon yaratadi. 

Zarrachalar magnit maydoniga tushganida suvdan har qancha miqdordagi neftni tez va sifatli ajratishga imkon berib, manba tomon harakatlana boshlaydi. Buning uchun suvga nanozarrachalarni "ekish", magnitni yoqish va shunchaki suvga to‘kish kerak bo‘ladi. Butun neft va nanozarrachalar magnit joylangan quvur yoki idishning devoriga "yopishib" qoladi. 

Bu jarayon magnit qo‘llamay neftni tozalashga mo‘ljallangan boshqa texnologiyalardan tezroq ishlaydi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, sanoatdagi shunga o‘xshash muammolarni mazkur usulda yechish mumkin. Masalan, olimlar hozirda suvni qo‘rg‘oshin va boshqa og‘ir metallardan tozalash tizimi ustida ishlashmoqda. Tizimlar faoliyati shu yozda sinovdan o‘tkaziladi. 

Mavzuga oid