Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buning uchun latviyaliklarni jazolashadi
Latviya futbol federatsiyasi prezidenti Guntis Idrikonis Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronalduni quchoqlash maqsadida maydonga yugurib chiqqan bola uchun tashkilotni jarima kutayotganini ma'lum qildi.
Bu hodisa JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Latviya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ro‘y bergan edi. Prezident jarima summasini aniq aytmadi.
Bundan tashqari, Idrikonis agar o‘yin Riganing «Skonto» stadionida emas, boshqa zamonaviyroq stadionda kechganida bu holatning oldini olish mumkin bo‘lardi.
«Bu normal holat emas, bu noto‘g‘ri. Sodir bo‘lgan voqea mamlakatning bosh stadioni haqida bosh qotirishimizga undaydi. Bunday raqibga qarshi o‘yinlar yangi stadionda o‘tishi kerak. U yerda bunday voqea bo‘lmas edi», — degan Idriksons.
Mavzuga oid
11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda
11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi
10:50 / 02.05.2025
Latviya TATU huzurida maxsus maktab tashkil etishi mumkin
15:10 / 01.05.2025