Sport | 04:07 / 11.06.2017
14220
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy klubida yana bir yulduz murabbiy ish boshlaydi
«Real», «Yuventus»ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Xitoyning «Jiangsu Suning» jamoasini boshqarishga rozilik bildirgan. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Kapelloning murabbiylar shtabidan «Yuventus» sobiq futbolchisi Janluka Dzambrotta, shuningdek sobiq «Milan»chi Kristian Brokki ham o‘rin oladi. Rasmiy axborot tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Xitoy chempionatining ortda qolgan 12-turidan so‘ng «Jiangsu Suning» 8 ochko to‘plab, turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fabio Kapelloning so‘nggi ish joyi Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyligi bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023