Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijdagi musobaqada kikbokschi muxlislar tomondan do‘pposlandi
Parijda 10 iyunda kikboks bo‘yicha o‘tgan musobaqadagi janglardan birining ishtirokchisi muxlislar tomondan ringning o‘zida do‘pposlandi. Bu haqda Yahoo!Sports portali xabar bermoqda.
Gollandiyalik Mertel Gronxart hamda Armaniston va Belgiya fuqaroligiga ega bo‘lgan Arut Grigoryan o‘rtasida kechgan jangda gollandiyalik kikbokschi 2-raundda raqibini nokautga uchratgan. Shundan so‘ng u g‘alabasini nishonlayotganda ringga ikki muxlis chiqib, uni do‘pposlay ketgan. Vaziyatga murabbiylar va tashkilotchilar aralashib, sportchiga tashlangan muxlislarni chetga olishgan.
Muxlislarning bunday tajovuzkor munosabatiga Gronxartga g‘alaba keltirgan xatti-harakatlari sabab bo‘lgan. Grigoryan nokautga uchrashdan oldin raqibining tizza bilan bergan zarbasini o‘tkazib yuborib, unga teskari o‘girilgan. Gronxart esa vaziyatdan foydalanib, raqibining jag‘iga mushti bilan og‘ir zarba bergan va shundan keyin Grigoryan ringga yiqilgan. Ta'kidlanishicha, gollandiyalikning bergan zarbasi qoida doirasida bo‘lgan.
Voqea qanday oqibatlarga olib kelgani haqida ma'lumot berilmagan.
Mavzuga oid
10:18 / 18.04.2025
Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
14:20 / 15.04.2025
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi
10:51 / 24.03.2025